• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-05-07

Iste’molchiga 500 million so‘mlik xonadon kaliti topshirildi

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro T.A 2024-yil 6-mart kuni shahardagi ko‘p qavatli turar joy majmuasidan umumiy qiymati 500 million so‘m bo‘lgan xonadon sotib olish maqsadida quruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzib, oldindan 130 million so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirgan.

Shartnomaga ko‘ra, xonadon 2026-yilning IV choragiga qadar topshirilishi kerak edi. Biroq bugungi kunga qadar qurilish ishlari boshlanmagan va quruvchi obyektni 3 yil ichida topshirishini bildirgan. Bu holatdan norozi bo‘lgan fuqaro T.A O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy shahar jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o‘rganilib, quruvchiga iste’molchining qonuniy huquqlari batafsil tushuntirildi. Natijada, quruvchi tomonidan fuqaro T.A ga hozirda qurib bitkazilgan tayyor xonadon kaliti topshirildi.