• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-08-07

Nurota tumanida “Iste'molchi doimo haq” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Nurota tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati markazida “Iste'molchi doimo haq” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir iste’molchi huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Mazkur suhbat davomida markazda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga batafsil va aniq javoblar taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro fikr almashib, iste’molchi huquqlari, ularni himoya qilish tartib-qoidalari hamda tegishli qonunchilik hujjatlari haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bu kabi uchrashuvlar nafaqat xodimlar, balki keng jamoatchilik orasida ham huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.