• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-08-13

Liftning nosoz chiroqlari ta’mirlandi

Bugungi kunda Ko‘p qavatli uylarda aholining yuqori qavatlarga chiqib tushushi uchun zamonaviy lift qurulmalari o‘rnatilib og‘irini yingil qilayotganligi barchaga birdik manzur kelmoqda, biroq ushbu qurulmalarning doimiy soz holatda bo‘lishi uchun muta’saddilar bor albatta, ammo shunday bo‘lsada ba’zida ularning o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatmayotganlgini uchratamiz.
Mana shunday holatlardan biriga duch kelgan Navoiylik fuqaro A.L yashab kelayotgan  uyining lift chirog‘i nosoz ekanligi va tungi vaqtlarda undan foydalanishda aholi uchun bir talay noqulayliklar tug‘durayotanligi to‘g‘risida, uyga xizmat ko‘rsatib kelayotgan muta’saddilarga bir necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsada,  muommo o‘z yichimini topmayotganligi sababli norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam so‘rab federatsiyaning 1091 ishonch raqamiga murojat qoldiradi.
Murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqish jarayonida uyga xizmat ko‘rsatib kelayotgan kommunal boshqaruv servis tashkiloti muta’saddilariga iste’molchining huquqlari va xizmat ko‘rsatuvchning majburyatlari to‘g‘risida qonunchilik doirasida tushunchalar berdi, shundan so‘ng kommunal boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan  liftga texnik xizmat ko‘rsatilib yangi chiroqlar o‘rnatib berildi