• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-09-20

Jamoatchilik nazorati

    Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati,uni isteʼmolchilar qo'liga xavfsiz yetkazib berish kabi masalalar tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
     Bugun bozorlarda savdo rastalarida insonlar tamonidan kundalik isteʼmol qilinadigan mahsulotlarning sifati qay darajada? oziq- ovqat mahsulotlarini sotishda tadbirkorlik subyektlari tamonidan bajarilishi lozim boʻlgan  majburiy talablarga rioya qilinyaptimi?
  Ushbu savollarga javob topish maqsadida Konimex  tumandagi savdo rastalarida aholiga sotilayotgan oziq-ovqat va nooziq mahsulotlari sifati jamoatchilik tartibida o'rganildi.
  O'rganishlar davomida oziq -ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlik muddati va muayyan haroratda saqlash uchun mo'ljallangan texnik qurilmalar holati tekshirilib, do'kon egalariga sifatsiz ,muddati yoxud yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan mahsulotlarni sotish taqiqlanishi, bu isteʼmolchilar sog'ligiga zarar yetkazilishi va bu uchun tegishli javobgarlik borligi haqida tushunchalar berildi.