• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

Iste'molchi murojaati ijobiy hal etildi.

Zarafshon shahar Yoshlik MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.N joriy yilning 28-kuni shaxsiy kompyuteri uchun "UZUM" market ilovasi orqali qattiq disk  (HDD)   xarid qiladi. Biroq  mahsulotni dasturchiga  tekshirtirganida ushbu deskning  sotilgunga qadar  ishlatilganligi ma‘lum bo‘ladi.Fuqaro M.N mahsulotni qaytarib berish uchun do‘koning filialiga borganida sotilgan mahsulot qaytarib olinmasligini bildirishadi.

      Yuqoridagi holat yuzasidan fuqaro murojaati  Zarafshon shahar iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassiari tomonidan o‘rganib chiqilganida haqiqatdanham  xarid qilingan qattiq desk sotilgunga qadar 138 kun ishlatilganligi ma‘lum bo‘ldi va "UZUM"  market savdo xizmat ko‘rsarish ofisiga borib iste‘molchining huquqlari amaldagi qonunchilik  talablari asosida tushunturilgach iste‘molchining qattiq desk uchun to‘lov qilgan pul mablag‘i qaytarib berildi.