Navoiy shahar Me’morlar ko‘chasi 17-uyda yashovchi fuqaro K.SH 2023-yilning aprel oyida Gulobot savdo majmuasida joylashgan savdo do‘konidan bo‘lib to‘lash sharti bilan 7 200 000 ming so‘mga Samsung Galaxy A73 5G rusumli telefon apparatini xarid qiladi biroq, ushbu qurulma kafolat davri mobaynida nosoz holga kelib qolganligi va bu to‘g‘risida savdo do‘kon rahbariga bir-necha marotaba murojaat qilgan bo‘lsada, ununing norozichiligiga sababchi bo‘lgan holatlar bartaraf etilmayotganligi yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qoldiradi.
Ushbu murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqish jarayonida savdo do‘kon rahbariga iste’molchining huquqi va qonunchilik talablari batafsil tushunturib o‘tilgach savdo do‘koni rahbari tomonidan nosoz telefon yangi va sifatlisiga almashtirib berildi.