• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-04-30

Fuqaroga noto‘g‘ri hisoblangan 35 million so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi

Qiziltepa tumani Bulakrabot mahallasi Sayohat qishlog‘ida yashovchi fuqaro S.A ning O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi ishonch raqamiga qoldirgan murojaati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Qiziltepa tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatda aytilishicha, “Qiziltepatumangaz” ta’minoti xodimi fuqaroning xonadonida gaz jihozlarini ko‘zdan kechirib, 5 ta isitish qozonxonasi, 5 ta pech va 3 ta hammomdan foydalanib kelinganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirgan. Natijada, fuqaro nomiga 34 million 814 ming 860 so‘m miqdorida jarima hisoblangan.
Biroq tuman jamiyati mutaxassislarining joyiga chiqqan holda olib borgan o‘rganishlari natijasida fuqaroning xonadonida aslida atigi 1 dona isitish qozonxonasi, 3 dona isitish pechi va 1 ta hammom mavjudligi, hamda u gaz ta’minoti tashkilotiga hech qanday zarar yetkazmagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti korxonasi xodimlariga iste’molchilarning qonuniy huquqlari va amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tushuntirishlar berildi. Natijada noreal tarzda hisoblangan 34 million 814 ming 860 so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi.