Tomdi tumanida tashkil etilgan shtab markazi ishchi xodimlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqgan tuman jamiyati raisi A.Kurakbayev davra ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari ularda ko‘rsatib o‘tilgan iste’molchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida bir qator tushunchalar berib o‘tdi xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan “har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqini kafolatlanishi to‘g‘risida hamda, aynan shu konstitutsion me’yordan kelib chiqib, federatsiya iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida: savdo va umumiy ovqatlanish, tibbiy xizmat, uy-joy kommunal xizmatlari, aloqa va kommunikatsiya, transport va xizmat ko‘rsatish sohasi. Ushbu sohalarda iste’molchilardan kelib tushayotgan ariza, murojaat va shikoyatlar ijobiy yechim topishi, ya’ni iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatilayotganligi yuzasidan bir qator misollar bilan tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida davra ishtirokchilari iste’molchi sifatida huquq va majburiyatlari va bilimlarini yana bir bor esga olib mustahkamlashganligini bildirishib, buning uchun jamiyat xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.