• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

NOSOZ KULER UCHUN TO'LANGAN PUL MABLAG'I ISTE'MOLCHIGA QAYTARILDI

Bugungi kunda toza ichimlik suvini, yozda muzdek qishda esa issiq  qilib beruvchi kuler qurulmalari har birimiz uchun zaruriy texnikalardan biri desak mubolag’a bo‘lmaydi. Ammo ushbu texnika vositalari har doim ham sifatli bo‘lib chiqavermaydi.
Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro U.Rashidova  “Uzum Market” onlain savdo do‘konidan 1 370 000 so‘mga Texnomart rusumli kuler qurilmasini sotib olgan. Biroq qurulma foydalanish uchun o‘rnatilganida uning nosoz ekanligi ma’lum bo‘ladi va iste’molchi savdo xodimlariga shikoyat qilgan bo‘lsada hech qanday natija bo‘lmagach, amaliy yordam so‘rab, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch raqamiga murojaat qilgan.
Mrojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonuniy o‘rganilib, ijobiy hal etildi va iste’molchiga nuqsonli kuler uchun to‘lagan to‘lovi to‘liq qaytarildi.