Bugungi kunda aholining turmush tarzini zamonaviy maishiy texnikalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, yozning issiq kunlarida xonadonlarni salqin, qish faslida esa iliq tutib turuvchi konditsionerlar aholining asosiy ehtiyojlaridan biriga aylanib ulgurgan.
Qiziltepa tumani Hamrabot mahallasi Saroy qishlog‘ida yashovchi fuqaro N. Ismatov tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan xarid qilgan “Zifler” rusumli konditsioneri qisqa muddat ichida nosoz holga kelib qolgan. Servis xizmati xodimlari ushbu nosozlikni 2,5 million so‘m evaziga ta’mirlab berishlarini ma’lum qilganidan fuqaro norozi bo‘lib murojaat qilgan.
Mazkur murojaat Qiziltepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining **“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”**gi Qonunining 15-moddasiga asosan, tovarlarda aniqlangan nuqsonlarni bepul bartaraf etish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.