• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

Telefon uchun tuzulgan shartnoma   bekor qilindi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro M. M. Navoiy shahrida joylashgan Gulobod savdo majmuasidagi do'kondan kredit shartnomasi asosida 1 700 000 so'mga xarid qilgan Redmi Note 10 s rusumli telefoni xarid qilgan kunidan ikki kun o'tib quvvatlash qismida nosozlik bor ekanligi, savdo do'kon xodimlari esa almashtirib bermasligini aytishganligi sababli, shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganib chiqish jarayonida savdo do'kon rahbariga fuqaroning iste'molchi safatida huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari tushunturib o'tildi, natijada tomonlar o'rtasida tuzulgan kredit shartnomasi bekor qilinishiga erishildi.