Xatirchi tumani “Yangi” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Gulnoza Аxmedova shu yilning 19-iyul kuni tuman markazidagi "Turbo" MChJ savdo markazidan 4 600 000 (toʼrt million olti yuz ming) soʼmga sotib olgan elektro skuter nosoz chiqqanligi sababli savdo markazi masʼullariga murojaat qilganida ular turli bahonalarni roʼkach qilib, unga qo‘pol muomilada bo‘lgan, uning qonuniy talabini bajarmagan.
Shu sababli fuqaroning amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati Xatirchi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlarda elektro skuterning haqiqatdan ham nosoz ekanligi aniqlandi va savdo markazi maʼmuriyatiga O‘zbekiston Respublikasining "Isteʼmolchilarning xuquqlarini ximoya qilish toʼgʼrisida"gi qonuni talablari yuzasidan toʼliq tushuntirishlar berildi.
Natijada "Turbo" MChJ maʼmuriyati tomonidan elektro skuter bepul taʼmirlab berildi va fuqaro soz holatda topshirildi.
Shu o‘rinda aytmoqchimizki, qonun har joyda ustuvor! Unga amal qilish esa madaniyat. Kim bo‘lishingizdan qat'iy nazar Qonunlarga amal qilsangiz pand yemaysiz, uyalib qolmaysiz.