• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-08-22

Sifatsiz kondetsioner uchun to'langan pul mablag'i qaytarildi

Navoiy shahar Me’morlar ko’chasi 31-uy 131-xonadonda  yashovchi fuqaro H.N Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib 2024-yilning 15-avgust kuni shahar hududida joylashgan savdo do’konidan  “shivaki” rusumli kondetsioner xarid qilganligi, biroq uni uyiga o’rnatib ishlatganida nuqson borligi sababli savdo do’koniga bir necha marotaba  borib ta’mirlab berishlarini so’ragan bo’lsada, do’kon muta’saddilari turli xil bahonalar bilan ishni ortga surib kelganligi sababli norozi bo’lib ushbu masalada amaliy yordam so’raydi.

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqish jarayonda fuqaro e’tirozidagi  holatlar o’z isbotini topdi va savdo do’koni rahbariga amaldagi qonunchilik talablari, fuqaroning iste’molchi sifatida huquqlari, savdo xodimining majburiyatlari batafsil tushunturib o’tildi va kondetsioner uchun to’langan 4 200 000 so’m pul mablag’i iste’molchiga qaytarib berilishida amaliy yordam ko’rsatildi.