• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-09-18

Monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda

Odatda hazm qilish buzilishi bilan kechadigan o’tkir kasallik sababi ko’pincha organizmga oziq-ovqat bilan birgalikda turli mikroorganizmlar kirishi bo’ladi.

Ko’pchilik oziq-ovqatdan zaharlanish hollari mahsulotlarda tillarang stafilokokk va ichak tayoqchasining jadal ko’payishidan kelib chiqadi. Zaharlanishlarni ko’pincha yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi.

Yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida Navoiy viloyat hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan Navoiy shahrida faoliyat koʻrsatayotgan savdo doʻkonlarida yaroqlilik muddati oʻtib ketgan, konrtafakt va  isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning ishlab chiqarilishini hamda ularning aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida  jamoatchilik nazorati tartibda oʻrganish ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz                                                                 Zaharlanishning odatiy alomatlari:
-Oshqozon buzilishi 
-Kuchli ko’ngil aynishi;
-Ko’p marta qayt qilish.
Bundan tashqari, zaiflik, bosh aylanishi, tana haroratining ko’tarilishi, varaja qilish, oshqozon sohasida og’irlik va og’riqli spazmlar, meteorizm, ko’p miqdorda so’lak ajralishi xarakterlidir.

YODDA TUTING
Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.