Joriy yilning 14-oktyabr kuni Navoiy vioyati Navoiy shaxar A.Temur ko’chasi 3-uy 68-xonadonda yashovchi fuqaro A.Kenjayevning O‘zbekiston iste’molchilr huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federtsiyasi ishonch raqamiga yo‘llagan murojaati Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.
Murojaatda keltirilishicha A.Kenjayev o‘zi yashab kelayotgan xonadoniga barcha kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelayotgan bo‘lsada, ammo boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan toza hudud bo‘yicha noreal qarzdorlik chiqganligidan norozilik bildirgan.
Fuqaro murojaati jamiyat mutaxasislari tomonidan o‘rganib chiqish jarayonida, “Humo Zilola Barhayot” BSK rahbari bilan suhbat olib borilib, A.Kenjayevning istemolchi sifatidagi huquqlari, qonunchilik talablari batafsil tushuntirib o‘tldi.
Natijada , fuqaroning xonadoni uchun hisoblangan noreal qarzdorlik bekor qilinib, iste’molchining etiroziga sababchi bo‘lgan holatlar bartaraf qilindi.