• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-12-13

Iste’molchilarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida chora-tadbir rejalari tasdiqlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish qonuniylikni ta'minlashda, adolatli va huquqiy jamiyat qurishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiayatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi ijrochi direktori R.Pardayev hududda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassalari rahbarlari bilan uchrashib, soha mutaxassislari o‘rtasida iste’molchi sifatida huquqiy bilimlarni oshirishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuv rejasini tasdiqladi. 

Kelgusida ushbu rejalar asosida aholining huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi