Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholining muommolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etishda samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish shuningdek aholining iste’molchi sifatida huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida Nurota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda tuman jamiyati raisi so‘zga chiqib ishtirokchilarga bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunturish berish barobarida, federatsiya va unung hududiy tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra tuman shifoxona jamoasi hamda Nurota tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati o‘rtasida iste’molchilarning sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirish, ularning huquqiy manfatlarini himoya qilish hamda sohaga oid qonunlar ijrosi ustudan jamoatchilik nazoratini ta’minlashda yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik qilishga kelishib olindi.