• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-05-05

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va huquqiy savodxonlikni oshirishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi

Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Zarafshon shahar jamiyati tomonidan Zarafshon shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 12-son umumta'lim maktabida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga iste'molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, iste'molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida mavjud tartib-qoidalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar ham tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob oldilar.