Nurota tumani Yangibino qishlog‘ida yashovchi fuqaro Botirqul Karimov 2025-yil 13-may kuni “Ishonch savdo” dokonidan 4 875 000 (to‘rt million sakkiz yuz yetmish besh ming) so‘mga 5 turli quvvatdagi Skuterni xarid qiladi.
Biroq uyiga borib tekshirib korilganda Skuterning 4 turli quvvatdaligi ma’lum bo‘ldi. Fuqaro bundan norozi bolib, “Skuter”ni 5 turli quvvatdagisiga almashtirib berishini sorab savdo dokoni sotuvchisiga murojaat qiladi.
Natija bo‘lmagach, Ozbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilib amaliy yordam soragan.
Mazkur murojaat Nurota tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi. Savdo do‘koni ma’muriyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to‘grisida”gi Qonunining tegishli bandlariga asosan tushuntirishlar berildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi — uning talabiga asosan Skuter 5 turli quvvatdagisiga almashtirildi. Iste’molchi ko‘rsatilgan yordamdan minnatdor bo‘ldi.