• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-08-07

Suv taʼminotidan noreal qarzdorlik: Isteʼmolchining haqli eʼtirozi

Bugungi kunda ayrim hududlarda aholining suv taʼminoti bo‘yicha noreal qarzdorlik holatlariga duch kelinmoqda. Suv taʼminoti xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan aholi nomiga hisoblangan qarzdorlik baʼzan haqiqatdan yiroq, sunʼiy raqamlarga asoslangan bo‘lib chiqmoqda. 

Karmana tumanida yashovchi fuqaro Z.Oʻ O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat qilib, o‘z xonadoniga yetkazilayotgan suv taʼminoti uchun barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirganiga qaramay, billing tizimida aks etmagan yoki noto‘g‘ri kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida unga 6 million so‘mlik noreal qarzdorlik hisoblangani yuzasidan norozilik bildirdi va amaliy yordam so‘radi.

Ushbu murojaat Karmana tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasida fuqaro tomonidan barcha to‘lovlar muntazam va o‘z vaqtida amalga oshirilgani, biroq suv taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan billing tizimiga noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritilgani aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroga hisoblangan asossiz qarzdorlik bekor qilinib, uning isteʼmolchi sifatida huquqlari tiklandi.