Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Shimoliy kon avtomobil transporti boshqarmasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatish sohasida qonunchilik talablariga rioya etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati davomida xodimlarning iste’molchi sifatidagi huquqlari, muammoli holatlarda murojaat qilish tartibi hamda 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qabul qilish mexanizmi yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.