• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-08-27

Uy-joy mulkdorlik shirkatlari faoliyati o'rganildi

Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilib kelayotgan har bir xonadon egasi shartnomaga  ko‘ra  kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib kelishi shart. Joylardagi kommunal boshqaruv servis kompaniyalari  hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari  o‘z tasarrufida bo‘lgan uylarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish, butligini saqlash, uyga tutash hududlarni obodonlashtirish kabi bir qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

 

Xo‘sh bugungi kunda boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qay darajada? Ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha ob'ektlari yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyormi?

 

Mana shu kabi savollarga javob topish maqsadida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Ishchi guruhi  tomonidan ko‘p qavatli uylarda jamoatchilik o‘rganishlari o‘tkazilmoqda. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammoli holatlar, kamchiliklar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ko`rsatmalar berildi.