Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi yo‘l bo‘yida sotilayotgan, ishlab chiqarilgan joyi noma'lum muzqaymoqlarni iste'mol qilmaslikka chaqirmoqda.
Muzqaymoq solingan idishlarning bugungi kunda sanitariya-gigiena jihatdan holati talabga mutlaqo javob bermaydi. Sotuvchilar maxsus ust-bosh kiyim bilan ta'minlanmagan. Qolaversa, tibbiy ko‘rik daftarlari ham mavjud emas. Talabga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan xodimlar har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart