Tish inson organizmdagi eng zarur a'zolardan biridir. Odamning tishi qayta tiklanmaydi. Afsuski, ularni hammamiz ham to‘g‘ri parvarishlay olmaymiz. yetarli e'tibor qaratilmasligi natijasida ular yemirilib, sinib keta boshlaydi. Shuning uchun yaroqsiz holga kelganda tish yo vaqtinchaga davolab qo’yiladi yoki olib tashlanadi..
Navbahor tuman “Chorboqguzar” mahallasida yashovchi fuqaro Charosxon Ro‘zieva ham “Aysberg” stomotologiya klinikasida tishlarini davolatib ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 2 mln 100 ming so‘m mablag‘ to‘laydi.
Ammo ko‘p o‘tmasdan, tishlarining sifatsiz qo‘yilganligi oqibatida stomatologiya klinikasiga yana murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatgan davolovchi shifokor esa turli bahonalar bilan qaytadavolashdan bosh tortgan.
Fuqaroning ushbu masalada yordam so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati Navbahor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi.
Xizmat ko‘rsatuvchi — “Aysberg” stomotologiya klinikasi rahbariyatiga hamdadavolovchi shifokorga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining tegishli bandlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi — iste'molchining huquqlari hamda xizmat ko‘rsatuvchining majburiyatlari batafsil tushuntirildi.
Natijada, fuqaroga qaytadan tibbiy xizmat ko‘rsatildi — boshqa tishlar qo‘yildi, sifatli davolash xizmatlari olib borildi. Provardida fuqaro ko‘rsatilgan xizmatlardan minnatdor ekanligini ma'lum qildi.