Qimmatbaho metallardan va toshlardan yasalgan buyumlar almashtirilmaydi va qaytarib olinmaydi.
Quyidagi hollar bundan mustasno:
• chakana savdo korxonasi qayd etmagan nuqsonlar (zirakka toshlar, ilgaklarning, bilakuzukka sharnirli birikmalarning sifatsiz mahkamlanganligi, yorliqlar, ushalgan joylar, tirnalgan joylar, gʻudurlar va boshqa nuqsonlar) aniqlanganda;
• davlat proba tamgʻasi muhrining zargarlik qotishmasi amaldagi probasiga mos kelmaganda;
• buyum xususiyatining plombalangan yorliq ma'lumotlariga mos kelmaganda.
Ushbu nuqsonlar aniqlanganda xaridor xarid qilingan kundan boshlab 6 oy ichida xarid narxi tegishlicha qayta hisoblangan holda ana shunday buyumlarga yoki boshqa buyumlarga almashtirishga yoxud nuqsonlarni tekin bartaraf etilishi yoki xarid narxi mutanosib ravishda kamaytirilishini talab qilishga haqli.
Shuningdek, xaridor zarar qoplangan holda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishga ham haqli.
Xaridorning koʻrsatib oʻtilgan talablari tovar cheki taqdim etilgandan keyin koʻrib chiqiladi.
Konimex tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi G.Norqulova.