• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-07-15

ISTE'MOLCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH VA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA MAHALLANING ROLI

Zarafshon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va O'zbekiston mahallalar uyushmasi Zarafshon shahar bo'limi bilan hamkorlikda mahalla raislari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, aholining iste'molchi sifatidagi huquqiy madaniyati yuksaltirish borasida o'zaro hamkorlikda qilinishi lozim bo'lgan ishlar to'g'risida so'z yuritildi. Mahalla raislariga tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar  to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. 

Tadbir so'ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Kelgusida hududda istiqomat qilayotgan aholining iste’molchi sifatida huquqiy ma’daniyatini oshirish hamda iste’molchi sifatida huquqlarini himoya qilish borasida o'zaro hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.