Xatirchi tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Chinobod MFYda yashovchi fuqaro Najmiddin Hatamov "Suvtaʼminot" АJ Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan unga nisbatan 1900 000 (bir million to‘qqiz yuz ming so‘m noreal qarzdorlik hisoblanayotganligi va bu masalada korxonaga borganida uni turli bahonalar bilan sarson-ovora qilayot yotganligi bo‘yicha shikoyat ariza bilan murojaat qildi. Ushbu arizani tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati maʼsul xodimlari joyida o‘rganishganlarida fuqaro N.Xatamovning eʼtirozlari to‘g‘ri ekanligi o‘z isbotini topdi. Xatirchi tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati masʼul xodimlari "Suvtaʼminot" korxonasi maʼmuriyatiga Respublikada amalda boʼlgan qonunchilik asoslari va isteʼmolchilar huquqlari buyicha tushuntirishlar berdilar. Oʼrganishlar natijasida fuqaro Najmiddin Xatamovga hisoblangan 1900 000 soʼm noreal qarzdorlik bekor qilinib, “Billing” bazasidan chiqarildi.