Bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqib ko‘pqavatli uylar, ofislar, xususiy binolar ham zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lmoqda, shuni munosibati bilan xavfsiz va qulay lift mexanizmlari o‘rnatilishi urfga kirdi. Ko‘pqavatli uydagi lift–qurilish kompaniyasining reytingini belgilaydigan asosiy mezonlardan biriga aylandi. Chunki, kishilar ko‘pqavatli uydan kvartira sotib olishar ekan, xalq orasida aytilgani kabi, to‘rtta devor emas, balki oila o‘chog‘i sotib olishadi, kishilarning shaxsiy hayoti, bayramlari, tantanalari, quvonchli kunlari o‘sha yerda o‘tadi. Ya'ni, qulay va xavfsiz lift tizimlarining mavjudligi, qish kunlarida esa issiqlik manbaining mavjudlig, binoda yashovchilar turmush tarzining qulayligi va xavfsizligi hamdir. Biroq ushbu zamonaviy lift qurulmalarida ham nosozliklar uchrab turushi, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan uyning kuz-qish mavsumida issiqlik manbayini miyyorida yetkazib bermaslik holatlari kuzatiladi. Aynan manashu muommolar yuzasidan Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasi 20-uyda yashovchi fuqaro Q.M ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch raqamiga qoldirgan murojaati mutaxassislar tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi. Fuqaro murojaatida binodagi liftning chaqiruv tugmasi ishlamayotganligi, issiqlik miyyor darajasida berilmayotganligidan norozilik bildiradi.
O‘rganish davomida uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi muta’saddilariga qonun talablari batafsil tushunturib o‘tildi.
Natijada liftdagi nosozliklar bartaraf etilib, uyning isitish tizimi ta’mirlanib, issiqlik manbayi miyyor darajasiga yetkazib berildi.