• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-09-11

Sifat nazorati

Mutaxassislar muddati o'tgan mahsulotlar inson organizmini zaharlashi va sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida bot-bot ta'kidlashadi. Nima uchun ayrim  qo'shtirnoq ichidagi  tadbirkorlar muddati o'tgan tovarlarning inson salomatligiga ta'siri to'g'risida o'ylab ko'rishmaydi?

So'nggi paytlarda katta bozorlar yaqinidagi ko'chma yarmarkalarda, aholi gavjum chorrahalar va yo'l bekatlari yonida, kichik do'konchalar rastalarida ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko'rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini uchratish mumkin. Ayni jazirama yoz faslida bunday mahsulotlarni iste'mol qilish inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqarish ehtimoli juda yuqori.

Mana shunday holatlarini oldini olish maqsadida Tomdi tumanida joylashgan savdo do'konlarida  jamoatchilik nazorati tartibida o'rganish ishlari olib borilmoqda.