Navoiy shahar Oltin vodiy MFYda yashovchi fuqaro S.B. nomidan Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaatda fuqaro S. B. va «UMID AVTO COMPANIES» MCHJ o‘rtasida 06/05/NA-04-sonli avtotransport uchun xarid to`lovi haqida shartnoma imzolanganligini, shartnomaning 1.5-bandiga ko‘ra da’vogar boshlang‘ich to‘lov sifatida jami 65.760.455 so‘m to‘lovni to‘lab berganligini, shartnomaga ko‘ra «UMID AVTO COMPANIES» MCHJ avtotransport vositasini 120 ish kunida yetkazib berish majburiyatini olganligini, lekin javobgar shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasdan, to‘langan pullarni ham qaytarmasdan kelayotganligini, javobgar pul mablag‘ini ixtiyoriy ravishda qaytarib bermaganligi sababli murojaat yo`llayotganligini ochiqlaydi.
Fuqaro murojaati Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, iste`molchi manfaatlarini ko`zlab fuqorolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Sud da’vogar Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining fuqaro S.B. manfaatida javobgar "UMID AVTO COMPANIES" MCHJga nisbatan shartnoma bo‘yicha to‘langan pulni, foiz va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasi qisman qanoatlantirilishi yuzasidan hukm chiqardi.
Hukmga ko`ra, "UMID AVTO COMPANIES" MCHJdan fuqaro S.B. foydasiga 65.760.455 so‘m asosiy qarz, 657.604 so`m neustoyka (penya) va 37.500 so‘m pochta xarajati jami 66.455.559 so‘m undirilshi belgilandi. Yana bir iste`molchi manfaatlari sudda himoya qilindi.