• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-01-13

KO‘YLAK UCHUN TO‘LANGAN PUL MABLAG‘I O‘Z EGASIGA QAYTARILDI

O‘zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “ishonch telefoni”ga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro Ibragimov Sarvinoz tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, iste'molchi Navoiy kiyim-kechak bozororidan 1 000 000 so’m evaziga ayollar ko‘ylagini sotib olgan, biroq ushbu libos o‘lchami kichik bo‘lganligi sababli, uni almashtirish maqsadida sotuvchiga murojaat qilganida unga mos o‘lchamdagi ko‘ylak savdo do‘konida yo‘qligi va qolgan pul mablag‘larini qaytarib bermayotganligi sababli norozlik bildirgan.

Murojaat Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va tadbirkor tamonidan fuqaroning 1 000 000 so’m puli qaytarib olib berilishiga erishildi.