• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2025-01-14

4 MILLION SO‘MLIK ANTIRADAR BEPUL TA’MIRLAB BERILDI.

Xatirchi tumani Chinobod mahallasida yashovchi fuqaro T.S xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

 Murojaatda keltirilishicha fuqaro tumanda joylashgan savdo markazidan qiymati 4 117 140 (toʻrt million bir yuz oʻn etti ming bir yuz qirq) soʻm boʻlgan radarga qarshi qurulma “antiradar” uskunasini sotib olgan, lekin oradan 1 oy o‘tmasdan ushbu uskuna ishlamay qolganligi va fuqaro savdo markaziga murojaat qilganida ular turli bahonalar bilan uni sarson qilayotganligini bayon qilib huquqlarini himoya qilinishida amaliy yordam so‘ragan.

Jamiyat mas'ul xodimlari ushbu murojaatni joyida oʻrganib savdo markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan iste'molchilar va ularning huquqlariga oid huquqiy tushuntirishlar berib o‘tdi.

 Natijada fuqaroning 4 117 140 soʻmga olgan antiradar uskunasi bepul ta'mirlab berilib fuqaro murojaati ijobiy hal etib berildi.