• asd.Ozbekiston Respublikasi Toshkent sh, Islom Karimov kochasi 65

asd.Yangiliklar

2024-08-01

ELEKTROSKUTER BEPUL TA'MIRLAB BERILDI

Xatirchi tumani, Polvonota MFYda yashovchi fukaro Ochilov. Yuldosh Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Xatirchi tuman jamiyati murojaat qilib 2024 -yil aprel oyida tuman markazida faoliyat yurituvchi "Hamrox" savdo markazidan 7.500.000 (yetti million besh yuz ming) so‘mga Elektro skuter sotib olganligi lekin u bir xafta o‘tmasdan ishlamay qolganligi, fuqaro elektro skuterni nosoz chiqganligi bo‘yicha savdo markazi mas'ullariga murojaat qilganida ular turli baxonalarni ro‘kach qilib fuqaroni ovora qilayotganligi va bu borada uning huquqlarini himoya qilinishini so‘rab murojaat qilgan. O‘rganishlarda isre’molchining e’tirozi o‘z isbotini topdi va savdo markazi ma'muriyatiga bu borada hamda O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risidagi qonuni talablari yuzasidan to‘liq tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada “Hamrox” savdo markazi ma'muriyati tomonidan sotilgan  fuqaroga tegishli 7.500 000 so‘mlik elektro skuter ishlab chiqaruvchining aybi bilan mahsulot yaroqsizligi aniqlanib,  skuterga yangi boshkaruv "miya"si va boshqa ehtiyot qismlari o‘rnatilib bepul ta'mirlab berildi va fuqaronnig muammosi o‘z yechimini topdi